Zebiniso Ahmedovadan psixologik, psixoterapevtik blog

Ajrab ketgan turmush o‘rtoqni qanday qaytarish mumkin?

Oila psixologiyasi
Ajrab ketish uchun qaror chiqargan er va xotin alohida yashab ko‘rishgandan keyin, nikohni qayta tiklash xohishi kelsa nima qilishi kerak deb o‘ylaysiz? Bu haqda psixologlar qanday xatti-harakatlarni taklif etishadi? Avvalo nima uchun ajraganligingizni, xato va kamchiliklaringizni tahlil qiling.

1. Ajrashganingizni sababi nima edi?
2. Ajrimga olib kelgan janjalli tortishuvni tahlil qiling.
3. Er va xotin o‘rtasidagi munosabatlaringizdagi xatoliklarni ayting.
4. Nimalarni o‘zgartirishni istar edingiz?
5. Nikohingiz davomidagi baxtli kunlaringizni eslang.
6. Oilani qayta tiklashga turmush o‘rtog‘ingizni munosabati qanday bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
7. Oilani tiklash uchun o‘zingizni o‘zgartirishga tayyormisiz?
8. Avvallari qoralagan turmush o‘rtog‘ingizni yomon sifatlarini qabul qila olasizmi?

QAYERGADIR QOCHISHMAYDI, KIMDANDIR QOCHISHADI...

O‘z xatolaringizni tan oling, kechiring, kechirim so‘rashga o‘zingizni tayyorlang. Yaqinlaringizga va umumiy do‘stlaringizga turmush o‘rtog‘ingizni yomonlamang. Biror sabab bilan turmush o‘rtog‘ingiz bilan gaplashishga to‘g‘ri kelsa, yomon gapirmang. Yangi hayot qurish uchun qilgan harakatlaringiz haqida gapirmang. Avvalgi hayotingizdagi yomon xotiralarni eslamang. Turmush o‘rtog‘ingiz bu haqda gap boshlasa eshitmagandek boshqa mavzu haqida gaplashing. Turmush o‘rtog‘ingizning qarindoshlari bilan munosabat qilishga to‘g‘ri kelsa, ularni ayblamang. Do‘stona munosabatni saqlab qoling. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘rtada farzandingiz bo‘lsa, uning tarbiyalash, ta’minlash mas’uliyatini otasi o‘z zimmasiga olishiga ruxsat bering. Turmush o‘rtog‘ingiz yangi hayot boshlashiga monelik qilmayotganingizni va bu yo‘lda dushmanga aylanmasligingizga ishontiring. Qayerga qochib ketganiga emas, nega sizdan qochganiga aqlingizni ishlating. O‘zingizdagi yaxshi xislatlarni sanab bitta oq qog‘ozga yozing. Turmush o‘rtog‘ingizga yog‘gan jihatlaringizni eslang. Endi sizning yomon tomonlaringizni tan oling, ularni bartaraf qilishga chora va tadbirlar o‘tkazing. Qaysarlik o‘rniga samimiylik, betgachoparlik o‘rniga hurmat, urishqoqlik o‘rniga kelishuvchanlik, yolg‘on o‘rniga rostini ayta olasizmi? O‘z ustingizda ishlab, yomon tomonlaringizni yo‘qoting. Har kuni ertalab “Qanday yomon sifatimni to‘g‘riladim?" degan savolga javob bering. Rashk qilishingizni hurmat yuzasidan bildirish mumkin. Ammo bu ayblovga aylanmasligi kerak. Xulosa qilib o‘zingizga bir savol bering: Shu insonni siz haliyam yaxshi ko‘rasizmi? Agar turmush o‘rtog‘ingiz bilan ajrashish qadamini qo‘ygan bo‘lsangiz va qonun doirasida ajrim qayd etilmagan bo‘lsa, samimiylik bilan ro‘yi rostini ayting. Kumush Razzoqovaning “Men seni hech kimga bermayman” qo‘shig‘i qanchalik yoqimli ekanligini his qiling. Oilangizni saqlab qolishingizga ishonaman.

4.11.2017 AJRAMAYMAN! kitobimdan lavha

© Zebiniso Ahmedova
————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatrdandan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

Hoziroq, qo‘ng‘iroq qiling!
Tel: +998951662662