Bir Odamzod bo‘lgan ekan. Uning uyi, xo‘jaligi bor ekan-u, xursandchiligi yo‘q ekan. Butkul xursand yurmasa ham, tez-tez tushuntirib bo‘lmas ma’yuslikni his etarkan. Odam qo‘shnilariga qaraganida esa: birining uyi kengroq, boshqasining yetishtirgan hosili mo‘lroq, yana birining oilasi ittifoqlikda yasharkan, yana boshqasi esa har taraflama baxtiyorligini ko‘rib, yanada xafa bo‘lib ketarkan. Shunchalik g‘am chekarkanki, hatto hovliga ham chiqishni xohlamay qolarkan. Bir safar uch kun uyida qamalib o‘tirib, to‘rtinchi kuni tashqariga chiqsa, ostonasida qandaydir qop paydo bo‘lib qolganini ko‘ribdi. Odam yaqinroq borib, ushlab ko‘rsa, qop juda ham og‘ir ekan! Uyga olib kirganimdan ko‘ra darvozadan tashqariga chiqarib qo‘yganim yaxshi – debdi Odam va qopni ko‘chaga olib chiqib tashlabdi. Qo‘llarini qoqib, biron narsa haqida g‘am chekish uchun yana uyiga kirib ketibdi.
Kelasi kun Odam yana hovliga chiqibdi. Qarasa, qop kecha qo‘ygan joyida turganmish. “Bu nimasi! – o‘ylabdi u. – Birov hazillashyaptimi?!” U qopning og‘zini ochib, ichiga qarabdi. U yerda qandaydir metall parchalari yotardi.
– Bularni metallolomga topshiraymikan?
– O‘ylabdi Odam boshini qashigancha, biroq... qo‘lini silkib, yana uyiga kirib ketibdi.
Shu tariqa qop yana uch kun ostonada qolib ketibdi. Bir kuni uning uyi yonidan doimo baxtiyor yashaydigan qo‘shni o‘tib qolibdi.
– Menga qarang, og‘ayni! – chaqiribdi uni Odam.
– Manovi yukni shaharga eltib qo‘yishga menga yordam bermaysizmi? Metallolomga topshirmoqchi edim.
– Nega yordam bermas ekanman? Bajonidil yordam beraman,
– Javob beribdi qo‘shni va qopni aravasiga yuklabdi.
Shaharda metall qabul qiluvchi qopning ichidagilarni ko‘rib, hayajonlanib xitob qilibdi:
– Axir bu kumush-ku! Faqat ishlanmagan. Siz menga emas, zargarga borishingiz kerak. Faqat bu kumushning bahosi unchalik qimmat emas. Uni nima qilishni o‘zingiz hal eting.
Shunda Odam o‘ylanib qolibdi: baxt kutilmaganda uyiga kelib qolibdi-yu, uni nima qilishni bilmasa – birovga bersinmi, o‘ziga qoldirsinmi? Odam uzoq o‘ylabdi va qopni olib uyiga qaytishga jazm qilibdi.
Uni uyiga olib kirib, ochib, har bir bo‘lagini qo‘lida ushlab ko‘ribdi.
– Ha, bu yerda qiladigan ish ko‘p, – debdi Odam va yengini shimaribdi.
Kumushning bir qismini u zargarga sotib, uning puliga kerakli asboblarni xarid qilibdi va Ustaga shogird tushibdi.
Ozmi-ko‘pmi vaqt o‘tib, odam o‘z baxtini boshqarishni o‘rganibdi. O‘zi usta bo‘libdi. Uning qo‘llarida har bir kumush parchasi yarqirab ketibdi. Har bir kumush parchasidan unumli foydalanib, chiroyli taqinchoqlar yasabdi. Odam o‘zgaribdi: uyini shinamgina qilib qo‘yibdi, do‘stlari va qo‘shnilarini sovg‘a-salomlar bilan xursand qilibdi. Uning usta sifatidagi shuhrati uzoq-uzoqlarga tarqalib, odamlar endi o‘rganish uchun huzuriga kela boshlabdi.
Odamning qalbi xotirjamlik va xursandchilikka to‘lib, baxt esa uning uyidan doimiy joy egallabdi.
Hayotingizdagi siz e’tibor bermagan narsalar qopda turgan kumush va oltinlardir. Ulardan foydalanish ustoz topish va baxt kalitini yasashdir!
Kuchingiz baxt kaliti esa shijoatdir!
Qadam qo‘yish esa qat’iyatdir!
Baxtli bo‘lish uchun shijoat va qat’iyat zarur.
© Zebiniso Ahmedova.