Zebiniso Ahmedovadan psixologik, psixoterapevtik blog

Ayollar nega yig'laydi?

Hikoyalar
“Meni sev, men sen aytgan inson emasman, meni sevaver men sen aytgan insonga aylanaman!” Prishvin.

“Ayol zaifa qilib yaratilgan... U doim sal narsaga ham yig‘layveradi…” deb o‘ylashadi ko‘pchilik erkaklar... Siz nima deb o‘ylaysiz??? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz ayollar nima uchun yig‘laydi? Quyidagi bir misol orqali ushbu savolga javob topishga urinib ko‘ramiz.

Kichik bolakay onasining oldiga kelib: -“Oyijon, siz nega yig‘laysiz?” – deb so‘radi.

Onasi: - “Chunki men ayolman-da” deb javob berdi. Bolakay hayrat bilan: - “Tushunmadim?!” – dedi.

Onasi esa o‘g‘lini bag‘riga bosib: “Sen hech qachon yig‘lamagin, o‘g‘lim”, dedi. Keyin esa bola otasining oldiga borib: - “Otajon, onam nega sal narsaga yig‘layveradilar?” , -deb so‘radi. Otasi esa: “Hamma ayollar o‘zi shunaqa, ba’zida besabab yig‘lab turishadi”, -deb e’tiborsizlik bilan javob berib qo‘ya qildi. Bolakay baribir ayollar nega sal narsaga yoki besabab yig‘layverishi haqida qiziqaverdi. Oxiri, maktabidagi o‘qituvchisi Shayxni eslab “Javobini albatta bilsalar kerak” deb o‘yladi va ustozidan so‘rashga qaror qildi. Oldiga borib:- “Ustoz, nega ayollar oddiy narsalarga ham, ba’zan besabab ham yig‘layveradi?”, - deb savol berdi. Shayx:- “Alloh ayollarni yaratganda ularni o‘ziga xos suratda yaratgan.

Uning yelkalarini dunyo qiyinchiliklarini ko‘tara oladigan darajada baquvvat, shu bilan birga bolasi uchun qulaylik bera oladigan darajada nozik, yumshoq qilib yaratgan. Alloh ayolga bolani dunyoga keltirishi va uning injiqliklariga sabr qilishi uchun ichki bir kuch bergan. Alloh unga boshqalar yiqilganda u o‘rnidan turib davom ettira oladigan kuch, yiqilgan, kasal, toliqqanlarga mehr bera oladigan shafqat bergan.. Alloh unga hatto bolalari ranjitib, xafa qilganda ham ularni yaxshi ko‘ra oladigan sevgi- mehr bergan… Alloh unga erining xato-kamchiliklariga qaramay, uni yonida turadigan, dalda bera oladigan kuch bergan.. Alloh uni yurakni himoya qila olsin deya qovurg‘adan yaratgan… Yaxshi erkak – ayolini qadrlay oladigan erkakligini bilish uchun aql bergan.. Vanihoyat Alloh unga muhtoj bo‘lganda yig‘lay olishi uchun ko‘z yosh bergan.. O‘g‘lim, sen ham bilginki, ayollarni chiroyi uning libosi, yuzi yoki boshqa narsasida emas. Ayollarning husni yuragiga yo‘l ochuvchi ko‘zidadir. Uning ko‘zlaridan qalbidagi muhabbatni ko‘ra olasan….” deb javob berdi. Bola savoliga bunday javob olgandan keyin qaytib hech kimga bu savolni bermadi. Chunki javob har qanday insonga tushunarli, go‘zal tarzda berilgan edi…

Ba’zilar o‘ylashi mumkin ayol ojizaligi uchun yig‘laydi.. Lekin.. ayol yig‘lagani uchun ham hatto erkaklar sabr qilolmaydigan ko‘p narsalarga bardosh bera oladi… Psixologning lirik chekinishi: Umr daryosining qirg‘og‘ida turgan ey INSON! Ayting-chi, ko‘zingiz mahliyo bo‘lib turgan bu oqar daryoda ustida nimalar oqib kelayotgan ekan? Xas, cho‘p, ko‘pik, o‘t-o‘lan, insonlar tashlagan axlatlar .... Umrni oqar daryo deydilar. Zero, daryoga boqib tursangiz sizning qirg‘og‘ingizga axlat uyumlarini olib kelib to‘kadi. Dur esa daryo tubidadir. Hayot ummoniga sho‘ng‘ishdan qo‘rqmang! Eng chiroyli hayot daryo tubidadir: durlar makonida...

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatrdandan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

Hoziroq, qo‘ng‘iroq qiling!
Tel: +998951662662