Zebiniso Ahmedovadan psixologik, psixoterapevtik blog

Kechiktirilgan baxt psixologiyasi

Oila psixologiyasi
Hayotining xar bir kunini tashvish bilan o‘tkazadigan aziz yurtdoshim, baxtli tashvish muborak. Har kuni baxtliman deyishingizga monelik qiladigan, buguningizni biror zarur yumush bilan g‘amga cho‘mdiradigan muammolarning keti bormikan.

PSIXOLOGDAN BIR RIVOYAT
Bir inson shunchalik quyoshni sevarkanki, o‘sha nurni hammaga ravo ko‘rarkan. Bir kuni hammaga ravo ko‘rgan quyoshni rasmini chizib, hammaga taqdim etibdi. Bu rasmni ko‘rgan to‘ng‘iz qovog‘ini uyub olibdi va qani men uchun botqoq deb xafa bo‘pti. Bu sovg‘ani ko‘rishga kelgan sichqoncha “chiy-chiy”lab, “qani mening inim?” deb o‘ksibdi. “Menga sening quyoshing kerak emas!” deb ters bo‘lvolibdi. Xo‘roz bu botqoqni nima qilaman, bu ingayam kirolmayman, quyosh esa menga nimayam berardi, ustiga chiqib qoqolashim uchun menga bir devor kerak!” deb davo qilibdi. Endi nurginasi ostida bir devor qurishga umrini sarf qilishga to‘g‘ri kelibdi. Ushbu rasm tugallab bo‘linganini eshitganlarning hammasi tomoshaga kelishibdi. Bir ovozdan “Namuncha xunuk rasm bo‘lmasa!, Shunaqayam rasm bo‘ladimi?”, “Topgani shu bo‘ldimi...” deb hayqirishibdi mehmonlar.

Siz umringizni cho‘chqaning botqog‘i uchun, sichqonning inini o‘yib berish uchun, xo‘roz qoqolashi uchun uvol bo‘lmasligi kerak.

Hoziroq baxtli bo‘lish uchun o‘z quyoshingizni nurginasini yuzingizga suring
Quyosh muborak. Nurli yuz muborak. Shukronali kun muborak Hazrati inson.

Kechiktirilgan hayot yoki keyinga surilgan baxt sindromi bilan kasallangan odamlar bugungi kunga xursand bo‘lmaslik uchun xar kun sabab o‘ylab topaverishadi. Shu kuniga baxtli bo‘lishni bila olmaslik xam ruhiyatning kasalligi hisoblanadi. “Men shu yumushni bajarib olay keyin baxtli bo‘laman”, “ Mana shu yumushni bajarib bo‘lsam baxt nimaligini his qilaman” degan shior bilan yashagan insonlar o‘g‘li o‘qishga kirishini kutib so‘ng baxtli bo‘lishga ahd qiladilar, uyini tugatvolib, so‘ng baxtni o‘z ostonasiga yollamoqchi bo‘lishadi, katta lavozim o‘rnidagi kreslo baxtni tuydirishiga ishonishadi va oxir oqibat xar kuni baxtni kutish, baxtli bo‘lishni orqaga surish bobida g‘amdalar...

Kechiktirilgan baxt sindromi belgilari:
1. “Men shug‘ullanadigan ish mening mavqeimga mos emas!” deb hammani ishontirishga bel boylaydilar.
2. Baxtli bo‘lishiga monelik qilayotgan muammoni yechib, shu zahoti baxtsiz qilib turgan boshqa muammoni yechishga “majbur” bo‘ladilar.
3. Bugungi kunidagi baxt zarrasini o‘ziga kamdek ko‘rib, bu kamlik qilayotgan baxtni o‘ziga ravo ko‘rishmaydi.
4. Bugun baxtli bo‘lishi uchun qilinishi kerak sarf-xarajatdan o‘zini tejab, ertaga “baxtli” bo‘lish uchun pul yig‘ishadi.
5. Xar kuni bitta insonni baxtli qilish uchun o‘zini mas’ul deb tayinlashadi. O‘zining baxt talabini esa “kutib turish” navbatiga qo‘yib qo‘yishadi.

Haqiqiy hayotda yashamaslik ertangi kun bilan yashash baxtini kechiktirgan bu insonni yig‘loqi, xafa, asabiy va doimo noliydigan qilib qo‘yadi. Bilasizmi bugunning baxtini ertaga qoldirish sizni qaysidir darajada baxtsiz qiladi.

Bugungi baxtini ertaga qoldirish sindromi asosan hayotda o‘zini topa olmagan, o‘zidan qoniqmagan insonlarga xos. Men hali hammaga ko‘rsatib qo‘yaman kimligimni, hali men gapiradigan kun keladi deb o‘ziga tasalli berish sindromi desa xam bo‘ladi. Boshqalarga xizmat qilish, boshqani tashvishi bilan yashash orqali o‘zidan kechish va o‘zining omadsizligiga ularni aybdor deb sanash kayfiyati bo‘ladi. Baxt bugun emas, ertaga kelishi sababli kuchini ertaga asrab qo‘ygisi keladi va bugungi kuniga dangasalik, yoqimsizlik kayfiyati bilan boqadi.

Bugunga qaytish psixotexnologiyasi qanday?
Bugungi baxtni ertaga qoldirish sindromida bugungi kun bilan emas, ertangi kun bilan yashash tashvishi bor. Reallikka qaytish uchun maqsad qo‘yishni boshlang. Maqsad faqat sizga bog‘liq bo‘lishi kerak.

O‘zingdan kechish, “o‘zimni o‘ylaymi, yoki bolalarim uchun yashaymi?” degan savolni o‘zingizga qo‘yishning o‘zi noto‘g‘ri. Sizning hayotingiz farzandlaringizning hayoti mazmunidan iborat bo‘lib qolishi, ularga yashashni o‘rgatish, ularga sizning baxtli bo‘lishingiz uchun xizmat qildirishning hech keragi yo‘q. Siz ularga onalik qiling, tarbiya bering, ammo, ularning baxti mening baxtim degan fikr noto‘g‘ri fikrdir. Bolalar baxtini tuyish saodat deb tushuning.

Turmush o‘rtog‘ingizga o‘zingizni fido qilish emas, uning borligi sizni baxtli qilishidan bir zarra baxt toping.

ERTANGI KUNNI ERTAGA O‘YLAYMIZ. Bugun esa borimiz bilan baxtli bo‘lishning birdan bir nomi shukronalik deyilishini eslang. Shukronalikni ertaga qoldirib bo‘ladimi? Shukronalikni diplomga, to‘yga, shart qo‘yishga bog‘lab bo‘ladimi? Hoziroq baxtli bo‘lishga nur muborak bo‘lsin qalbingizga, degan xolda psixologingiz Zebiniso.

“Nasiyaga olingan baxt yoxud tushkunlikdan chiqish siri” kitobimdan lavha.

© Zebiniso Ahmedova
————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatrdandan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

Hoziroq, qo‘ng‘iroq qiling!
Tel: +998951662662