Zebiniso Ahmedovadan psixologik, psixoterapevtik blog

"Hech qachon" dema hech qachon?

Hech qachon birinchi muhabbatingizni, bugun sizga judayam yoqib ketgan kino qahramonini, sizga ifori yoqib ketgan bu jilmayishni turmush o‘rtog‘ingizga aytmaslikni to‘g‘ri yo‘l deb hisoblayman. Unda farzandlarim hali yosh edi. Bizning uyimizga qayni opam va ular bilan birga ishlaydigan bir qiz kelishdi. Bu qiz mening turmush o‘rtog‘im bilan bir sinfda o‘qigan ekan. Men judayam yaxshi kutib oldim. Bu mehmonga tavoze avvalo o‘zimni hurmat qilganligim uchun edi. Sababi, ular kim va nimaga kelganligidan qat’iy nazar menga yomonligi yo‘q deb hisobladim va judayam yaxshi suhbat qurdik. Shunda turmush o‘rtog‘imning sinfdoshi endi bildim nega yaxshi qizlar eng yaxshi yigitlarga munosib bo‘lishini dedi. Shunda men bu sirli gapning mag‘zini

tushunmaganligimni aytdim. Hali turmush qura olmagan bu qiz o‘zidagi kibrni o‘rniga samimiylikni, o‘ziga ishonish o‘rniga solishtirishni, maqsad qo‘yish o‘rniga uning maqsadiga boshqalar oq otda olib borishi kerakligini kutib o‘tirganligini tushunganligini aytdi. Hech qachon va yana hech qachon turmush o‘rtog‘ingizning tarix sahifalaridagi sirlarga qiziqmang. O‘z tarixingiz ham tarix zarvaraqlarida sir bo‘lgani ma’qul. Shunda yangi o‘zlikka ishonch, kechagi kundan rozilik va ertangi kunga niyat qila olasiz.

Psixolog qabulidan lavha: “To‘ydan keyingi birinchi kecha suhbat bilan boshlandi. Kel dedilar turmush o‘rtog‘im ochiqlikdan hayotimizni boshlasak, dedilar. Sening hayotingda nimalar bo‘lganligini aytasan, men ham aytaman keyin unutib faqat ikkimiz deb yashaymiz dedilar. Men sodda, go‘l ekanman, har bir qizga qaysidir yigit kulib qaragan bo‘lishi mumkin, shu hissiyotlarimni aytdim. Endi kuyovimning o‘z “sirlarini” aytadigan vaqti kelganida, “Mening hayotimda sen birinchisisan!” deb xonadan chiqib ketdilar. Shu bilan men ko‘p yig‘ladim, chunki bu gaplarning tagida bolalik borligini ular qanday tushundilar deb o‘ylab yig‘ladim. Shunda ko‘zimdagi yoshni ko‘rib kuyovim “Haliyam yaxshi ko‘rasanmi, nega yig‘layapsan!” deb qattiqroq gapirdilar. Hamma narsadan ko‘nglim sovidi negadir. Shu gaplar kerakmidi. Shu kechadagi bir ishlar bo‘lmadi. Hozirgacha ham bo‘lmadi. Endi nima qilaman opajon. Nega oddiy emas hayot?!...” So‘rang, ey qiz, so‘rang ey yigit, hoy sohibjamol malika, hoy pahlavon er so‘rang, men aytay! Nikoh o‘qilgan kundan boshlab turmush o‘rtog‘ingiz nurli. Orqaga qaramang. So‘radingizmi, aytay, bu taqdir sinovlari edi. Endi siz ham sinovdasiz nikoh sinovidasiz. Aytdim, qutuldim emas, endi yanayam mas’ul bo‘ldim go‘yo. Sizning tarixingiz bu sizni yomon degani emas. Yomon bo‘l deb sinov kelmaydi, ko‘tara olganligingiz uchun sinov keladi. Endi eplolasiz, taqdir sinovlarini qayta-qayta o‘qishdan ko‘ra bugungi nurli nikohdan zavq olganligingiz sizning sinovdan o‘tganingiz edi.

© Zebiniso Ahmedova

————‼️————
— Barcha turdagi psixiatrik, psixoterapevtik xizmatlar;
— Psixiatrdandan Konsultatsiya olish uchun;
— Vahima, qo‘rquv, yopishqoq fikr, xavotirlar;
— Nevrotik depressiyalarda bizga murojaat qiling!

Hoziroq, qo‘ng‘iroq qiling!
Tel: +998951662662