Sevgi va ajrim yoxud zamonaviy Layli majnunlar. Psixologik kitob.
Kuyovning bitta-yu bitta talabi “toza” qiz toping derdi chin va hazil aralash.
Berganga qo‘sh qo‘llab berishi rost ekanda. Hammasidan xam hayratlanarlisi bu qiz naqadar go‘zal ediki ta’riflashga til ojizlik qilardi. Baquvvat oiladan, nasli toza o‘ziyam malikalardek go‘zal qiz bilan taqdir qo‘shilishi aniq bo‘lib qoldi.
Birinchi uchrashuvdayoq bu qizning ovozi, muloyim qarashlariga kuyovto‘ra mahliyo bo‘lib qoldi.
Tez va tez to‘y qilish taraddudi boshlanib ketdi. Hamma narsa bisyor edi. Bu qizning nozu ibosi chiroyli sabri bilan birga yo‘g‘rilgan edi. Hech qanday ortiqcha talablar xam qilmadi va... bugun to‘y.
Surnay ovozi eshitildi. Kuyov kelyapti kelinning pardozi tugadimi? Tog‘a o‘z opasiga to‘yda xizmat qilib jiyanini qo‘sh-qo‘llab uzatishda bosh qosh edi.
Negadir pardozchi qiz chiyillab yubordi. Ona qizining oldiga yugurib kirib ketdi. Kelin yerda titrar, og‘zidan chiqayotgan ko‘piklarni ko‘rib ona o‘zini tashlab yubordi. Pardozchi qizning qo‘lidan tushib ketgan bo‘yoqlaru, surmalar yer bilan bitta bo‘ldi. Nima bo‘ldi deb qizning dadasi yugurib keldi. Qizini bu ahvolda ko‘rib ota xam titray boshladi.
-Avvallari xam shu kabi kasal bo‘lganmi?,-deb so‘radi kelinoyi tog‘aga shipshib.
Bilmadim dedi tog‘a hozir so‘rayman.
-Opa, qizingizning tutqanoq kasali bormidi, aytmaysizmi?!
-Yo‘q, yo‘q, qizimning kasali yo‘q edi. Nega bunday bo‘ldi? Qani mening qizim... Shahi... Jonim qizim... do‘xtir chaqiringlar...
Qiz o‘ziga kelib og‘iz juftlashi hamon ko‘zi orqaga ketib yiqilib xirillashga tushdi.
Ona o‘zini qo‘lga oldi. Hech qanaqa to‘y yo‘q! Qizim sog‘ edi nima bo‘ldi bilmay qoldim. Tez yordam mashinasini chaqiringlar!
-Yo‘q, Yo‘q!
Zudlik bilan “Tez yordam” mashinasi yetib keldi. Ona... onaizor qiziga “tez yordam” kelganini hech kim eshitmasligi uchun “Bir mehmonimizning qon bosimi ko‘tarilibdi, shunga keldi “tez yordam” deb mehmonlarni tinchlantirishni ukasiga buyurdi. Onajoooon.... onaizoooor... o‘zi esa qizining to‘yi to‘xtamasligi uchun bir yo‘l topdi:
-Kuyovni sharmanda qilolmaymiz. Sharifa! Sharifa qanisan?!
Bu begoyim uydagi yordamchisini chaqirdi. Pardozchi qizga Sharifani kelindek kiygizib, Shahinaning o‘rniga chiqarib yuborishini kerakligini qulog‘iga shipship aytdi. Qizining oq ko‘ylagini unga kiygizishdi va pardoz qilib kuyovga chiqarish payiga tushishdi.
Qaynona kirib keldi. Quda bo‘lgan voqeani aytib, nima qilarini bilmay Sharifaga oq ko‘ylak kiygizib qo‘yganini va kelinni shifoxonaga olib ketishganlarini aytdi. Ikki ona yig‘lab titrashar va quda buvaga nima deymiz deb hayron bo‘lishardi. Shunda Quda bo‘lmish ona:
-Qizingizning shu kasali bor ekan nega aytmadingiz?-, dedi zo‘rg‘a.
-Voy, nega unday deysiz, men o‘z bolam haqida aldamayman-ku. Haqiqatdan xam qizim soppa-sog‘ edi. Nega bunday bo‘lganiga o‘zim xam hayronman.
-Qizingiz o‘ziga kelgan bo‘lsa, olib kelaylik va o‘z to‘yida o‘zi qatnashsin. Kimniyam aldaymiz, o‘g‘lim nima deydi? Boshimizga shu kunlar tushishi ham bormikan, Yo Rabbim.
- Qudajonim, keling shu Sharifani yuziga oq tashlab berib yuboray va ikkalamiz shifoxonaga borib qizimni ko‘raylik. Shunda hamma narsa ma’lum bo‘ladi.
Sharifa kuyov bilan bir stolga o‘tirdi. Kuyovning boqishi, salobati, chiroyli yigit ekanligi, o‘qimishli chet ellarda ishlaganligi o‘zini tutishidan ma’lum edi. Sharifa o‘zining oldidagi ajoyib yigitga qo‘lini tutishga majbur... ammo bu “qiliq” uning ehtiroslarini, orzularini qitiqlab yuborayotganini his qildi. Yetim bo‘lib o‘zini doimo tiyib yurib, birdaniga bunday holatga tushib qolishi judayam g‘alati edi. Sharifaning bitta orzusi ro‘yodek bo‘layotgan bo‘lsa ham ushaldi-ku, to‘g‘rimi? Hech bo‘lmasa shu orzusi kinodek ushalgan holatni nafaqat xotirasiga balki videoga ham muhrlashni mo‘ljalladi.
Videokamera kelganida yuzidagi oppoq harir to‘rni ko‘tarib ochdi va kuyovga boqdi. Kuyov hech narsani tushuna olmadi. Onasidan so‘ray desa onasi ko‘rinmayapti, otasini chaqirib “Kelin bu emas-ku?” desa, otasi “O‘g‘lim ichmasding-ku, senga nima bo‘ldi?” deb berdi.
To‘y tugadi, hamma uy-uyiga tarqadi. Kuyov bilan kelinni xam shohona mashina bilan o‘z uylariga ehtirom bilan eltib qo‘yishdi. Qani menga tushuntir sen kimsan dedi kuyov. Men sizning xotiningizman,-dedi bu qiz. Onam qanilar nega telefonni ko‘tarmayaptilar?
Sharifa bu chiroyli mebellarni o‘zi artib, tozalab, pardalarni ilishib ketgan edi. Endi shu xonada oppoq ko‘ylakda bo‘lsa-ya! Shu pardalarni ilayotganida shu yigit va shu yotoqxonaning qanchalik o‘ziniki bo‘lishini istab Allohdan so‘ragan edi-ya! Hammasi go‘yo tushdek. Tez begoyimchaning bir kiyimini kiydi-da uyni orasta qilishga tushdi. Kuyov kirsa nima qiladi endi?
....... davomi 2-qismda ...
©️ Zebiniso Ahmedova