Turmush qurganlar yaxshi ishlashadimi yoki turmush qurmaganlar yaxshi xodim bo‘lishadimi? Har bir ishxonaning, korxonaning xodim olish tartiblari bor. Bir o‘ylab ko‘ring-chi, turmush qurmagan bor vaqti, imkoniyati va kuchini sizning ishxonangizga sarflaydigan xodim yaxshimi? Yoki bolasi kasal bo‘laveradigan, hadeb javob olaveradigan, erta ketishni mo‘ljallab turadigan xodim ko‘proq unumdormi? Shu joyda oddiy odam adashib oila qurmagan ishchi-xodimni tanlashadi. Aslida miyasida rivojlanishdan qo‘rqmaslik, kelisha olish sifatlari bor, sabrli, nizoli to‘qnashuvlardan ijobiy yechim topa oladigan miya aslida turmush qurganlarga xosdir. Ular ham uyni, ham ishni, ham supur-sidirni eplay olaman, deb o‘z oldiga maqsad qo‘ya olishadi. O‘zini boy qilish uchun shu korxona boy bo‘lishi lozimligini to‘g‘ri tushunishadi. Turmush qura olmaydigan ishchi-xodimlar o‘z hayotini yo‘lga qo‘ya olishmagan-ku, qanday qilib korxonaning moddiy va ma’naviy hayotiga uvali-juvali bo‘lib hissa qo‘shishsin? Butun hayotini o‘z oilasini, obro‘yini shu korxonaga bog‘lab qo‘ygan oila qura olmagan xodimlar esa, butun vaqtini shu ishxonaga sarflashlari mumkin, ammo, rivojlanishga hissa qo‘shishlari amri maholdir. Turmush qurmagan bolam-chaqam deb qayg‘urmagan miya korxona deb ham qayg‘urishni bilolmaydi. Turmush qura olmagan xodim uzoq muddat komandirovkalarga borishi mumkin, ammo, o‘sha yerdayam rivojlanish uchun miyasini ishlatishi qiyin deb aytishadi psixologlar. Turmush qurmagan ishchi-xodimlar judayam o‘ziga yaxshi qaragan, soch turmaklagan bo‘lishi mumkin, ammo, xaridorga, korxonaga murojaat qilganlarga yoqa olishi qiyinroq bo‘ladi. Geydelberg Universitetining nemis psixologlari tomonidan bu savolga aniq javob topish uchun ko‘p yillar davomida ilmiy izlanishlar qilingan. 65% hollarda turmush qurgan ishchi-xodimlar eng kuchli rivojlanishga sabab bo‘lganliklari aniqlangan. 30 yoshdan kattaroq bo‘lsa ham turmush qurmaganlar ishida rivojlanish kamligi hayratga solgan. Qanchalik miyaning ijobiy ishlashi, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, yangiliklarga tik qaray olish, kelisha olish, tortishuvlarda birlashib bir fikrga kelish, maqsadni yagona qilib tanlash, vaqtdan unumli foydalanish oila qurganlar miyasi uchun xos ekanligi aniqlangan. Yana oilalilar o‘zidan tashqari boshqalarni ham o‘ylay olganlar. Oilasining ravnaqi uchun ko‘proq moddiy imkoniyatga ega bo‘lishga intilish kattaroq kuch bergan. Bu xulosa oila qurmaganlarni o‘z korxonasiga ishga oluvchilarni ham, oilalilarni ishga olishdan qo‘rqmaganlarni ham o‘z fikridan qaytara olmagan. Shunda bu korxonada kim ishlashi va qanday ishchi-xodimlar ishga olinishi aslida shu boshliqning o‘zini miyasining ishlash jarayonini takrorlashi aniqlangan. Ya’ni oilasidan ajrab ketgan rahbar o‘z korxonasida ham xuddi shu ssenariyni takrorlash qonuniyati borligi aniqlangan. Nemis psixologlariga katta rahmatlar aytgan xolda, bu qonuniyatga o‘z fikringiz bilan emas, psixologik qonuniyat sifatida qarashingizni aytib qolaman.
Zebiniso Ahmedova "Kelin va kuyov tanlash" kitobidan lavha