Rahmat, kerakmas...
Tashakkur, shartmas!
Yo‘q, dedimu, menga kerakmas!!!
Kutish, kutish, kutish. O‘zing emas, kimdir sening orzularingga mas’ul. Sen emas, boshqa birov maqsadlaringga yetaklaydi. Hech ilojing yo‘q, senga bergan va’dalarga ishonish o‘zing qo‘lingdan kelganidan ustunroq. Kutishing yo‘qlikka aylansa-chi... Senga berilgan va’dalar seni qo‘lingga kishan, qalbingga aldov, miyangga zahar bo‘lsa-chi?
O‘sha payti o‘zingga qaytasan. O‘sha payti kimligingni tanib qolasan. Qo‘lingdan nimalar kelishi o‘shanda ayon bo‘ladi. Lirik chekinishdan so‘ng psixolog sifatida kutish psixologiyasi haqida bilim ulashsam.
Kutish bu qo‘lingni oldinga cho‘zib turish. Kimga o‘xshadingiz? Tilanchimi? Gadoymi? Kutish bu avtobekatda siz belgilagan raqamli avtobusni poylash. Bu raqamli avtobus esa bu shaharda yurmaydi. Kutish bu qadamsizlik, harakatsizlik, asli maqsadsizlik bo‘lsa-chi? Axir maqsadi bor odam harakatlanadi, qo‘lini birovga cho‘zmaydi, yo‘q avtobusni qidirmaydi.
Hoziroq avtobus o‘rniga o‘z oyog‘ingizga ishoning.
Hoziroq, qo‘lingizni tilamchilik holatidan tortib oling.
Hoziroq, miyangizni aldayotgan kimdir qurib beradigan jannatlarning sarobidan qutqaring.
Sizga avtobus jo‘natishga hech kim mas’ul emas. Bu avtobus raqamini siz o‘ylab topgansiz. Sizni hech kim tilanchiligingiz uchun yaxshi ko‘rib qolmaydi. Hech kim siz uchun jannat qurib bermaydi.
Mana shu payti orzularingizni ko‘mish payti keladi. Yo‘q kerakmas! O‘zingizdan xafa bo‘ling. Orzu bu hali maqsad degani emas. Maqsad insonni harakatga chorlaydi. Maqsad insonga kuch beradi.
Orzularingizni ko‘mish, qalbingizda orzularingiz uchun aza ochish, ko‘z yoshini o‘zingizning kutishlaringiz uchun to‘kish haqiqiy azadir. Chunki orzular ko‘miladigan makon bu qalb. Qalb qabristonga aylansa-chi? Sizning qalbingizda nechta qabr bor. Nechta orzularingizni ko‘mgansiz? Siz orzu qilgansiz. Orzularingiz haqoratlanishiga siz ruxsat bergansiz. Faqat siz va faqat siz ushbu orzularingizni maqsadga aylantirib harakatlanishga mas’ulsiz. Siz esa orzularingizga rahbar tayinlab, unga maosh bermasdan, undan xafa bo‘lib o‘tiribsiz. Oxir oqibat qalbingiz orzular qabristoniga aylangani aniq.
Nima qilish kerak.
Avvalo, qalbingizdagi orzular qabristonidan voz keching. Reallikni qabul qiling. Reallik shuki, shu orzularingizga yetish uchun o‘zingizning qo‘lingizdan nimalar keladi. Shu orzularingizni amalga oshirish uchun sizda bilim yetmasa, kuch yetmasa, vaqt va imkoniyat yetmasa, demak, bu sizga dushman orzulardir. Siz uchun hech kim va yana hech kim jannatmakon imkoniyat yaratib bermaydi. Faqat o‘zingiz va faqat o‘zingiz mehnat, bilim, g‘ayrat bilan yetasiz. Siz bu orzularingizning xizmatkoriga aylana olmadingizmi? Sizning orzularingiz uchun boshqalar xizmatkor bo‘lmasligini aniq anglang. Orzularingiz uchun xizmatkor bo‘lmaganlarni ayblamang, xafa bo‘lmang, qalbingizni qabristonga aylantirib azadorlik qilmang.
Hech kimdan kutmang. Hech kimni xizmatkorlikka yollamang. O‘zingizni boricha qabul qiling va shu borligingiz eploladigan maqsadlar uchun hoziroq o‘rningizdan turing.
Oynaga qarang, bir bora jilmaying va albatta baxtli bo‘lishingizga ishoning.
Tong muborak mening do‘stim. G‘ayrat muborak. O‘zlik muborak HAZRATI INSON.