Richard Bekxard, Devid Gleycher birgalikda o‘zgarish formulasini ishlab chiqarishgan. Har bir korxonada va shaxsiy hayotingizda ham o‘zgarish kiritish uchun shu formulani ishlatish lozim.
D x V x F > R
D — Sizda vaziyatdan qoniqmaslik (ingl. Dissatisfaction);
V — Kelajakka maqsad qo‘yish (ingl. Vision);
F - Kelajakdagi tasavvurlaringiz uchun qadam qo‘yish (ingl. First steps).
Bu uchta holat qo‘shilganda, o‘zgarishlardan qo‘rqishdan kattaroq kuchga ega bo‘lishi kerak.
R — O‘zgarishlarga qarshilik (ingl. Resistance)
C = (ABD) > X
C — O‘zgarishlar, A — hozirgi vaziyatdan qoniqmaslik D — istak uchun qadam qo‘yish, X — o‘zgarishlar salohiyati.
Hozirgi kuningiz sizni qoniqtirsa D past bo‘ladi va biz o‘zgarishlarni ertaga qoldiraveramiz. Bizga hozirgi ahvol umuman yoqmasa-yu, nima qilishni bilmasak, (V ning pastligi), unda biz yangiliklardan qochaveramiz. Xar safar bir xil muammo hayotimizda takrorlanaveradi, biz esa uni yechish o‘rniga undan qochaveramiz ekan. Agar, bizga hozirgi ahvolimiz yoqmasa-yu, nima qilishni bilmayotgan bo‘lsak, (F ning past bo‘lishi), unda biz doimo shikoyat qilish va nolishdan, boshqalarni ayblashdan o‘ta olmayotgan vaziyat bo‘lishi mumkin.
Haqiqatdan o‘zgarishning paydo bo‘lishi uchun yangilikka bo‘lgan istak kuchi qarshi kuchlardan baland chiqishi lozim. Qarshi kuch doimo shu holatning yaxshiligini ta’kidlaydi. Bu uchta komponentlar birinchi qadamni qo‘yish uchun kuch yig‘ib beradi va birinchi harakat qilinadi. Aytaylik, tishingiz og‘rib, stomatologga borgingiz keldi deylik. Qachonki og‘riq sizni chidab bo‘lmas darajaga olib kelganida puli xam, stomatolog charxlagan harakatlari xam ko‘zingizga ko‘rinmay qoladi va siz qaror qabul qilasiz. Bu “og‘riq”lar sizga qaror qabul qildirish uchun kuch berar ekan. Biz jur’at qila olmasligimizning asosiy sababi qiyin bo‘lganligi uchun emas, jur’at qila olmaganligimiz uchundir. Qo‘rquv bu harakat boshlash kerakligini bildiradigan belgidir.
"MAQSAD QO‘YISH PSIXOTEXNOLOGIYASI" kitobidan lavha - Zebiniso Ahmedova