Bir kuni arslon, yangi dunyoga kelgan bolajonlari arslonchalar bilan ovga chiqibdi. Qo‘y-qo‘zilarni ovlash uchun ularning ketidan shiddat bilan quvish kerak ekan-da! Bu shiddatli quvish uning jarlikdan tushib ketishiga sababchi bo‘libdi. Shunda kichkina arslonchalar qo‘y-qo‘zilarning ichida qolib ketishibdi. Qo‘y-qo‘zilar o‘t-o‘lar bilan kun ko‘rishar va arslonchalar ham mayin ko‘katlarni chaynab-chaynab yutishar ekan. Arslonchalarning bo‘yi-basti ko‘rkamlashib katta arslonlarga aylanishibdi. Ammo, qo‘y-qo‘zilar bu vahimali arslonchalardan qo‘rqishmas ekan. Birga totuvlikda hatto kim o‘zarga yugurish o‘yinini ham birga o‘ynab turishar ekan.
Kunlardan bir kun ushbu qo‘y-qo‘zilarga yana bir arslon hujum qilibdi. Arslonlar xuddi qo‘ylardek qo‘rqinchli arslondan qocha boshlashibdi. Shunda hujum qilgan arslon qochayotgan arslonning birini tutib olib: “Sen arslonsan-ku, nega qochyapsan?!” deb so‘rabdi. Barcha qo‘y-qo‘zilar sendan qo‘rqib qochishyapti-ku, men ham qochaman-da! Arslonlar qo‘ylarni yeyishgani uchun ular qochishadi, sen nega qo‘rqasan va nega arslon bo‘lib qo‘ylardek qochasan?” deb so‘rabdi.
Men yoshligimdan qo‘ylar orasida o‘sdim. Ular menga nima o‘rgatishsa shuni qildim. Shuning uchun men qo‘ylikdan boshqa narsani bilmayman debdi. Menga Arslon bo‘lish yot va begona.
Arslon qo‘ydek bu arslonni suvga olib borib o‘zini ko‘rsatibdi. Arslon Arslonligini tan olibdiyu, qo‘yligidan qutila olmabdi.
"SEN QO‘RQMAS VA HUKMDOR ARSLONSAN!"
"Ota-onalar o‘z farzandlariga kim bo‘lishni o‘rgatishadi. Arslondek qo‘y ham, qo‘ydek Arslon ham sizning tarbiyangiz orqali amalga oshiriladi hurmatli ota-ona."
Zebiniso Ahmedovaninig "Tarbiyasiz tarbiya" deb nomlangan kitobidan.