“Men Ajoyibxonga uylanmoqchiman!” debdi dabdurustdan G‘aroyibbek.
-Sen Ajjoyibga uylanmoqchiman” dedingmi,- debdi G‘aroyibekning otasi Muallaqjon aka. U ko‘cha xandon uy zindonlardan-ku, “yengil artilleriya!” deyisharmidi?”
-Nima deysan, o‘g‘lim. Sen Ajjjoyyyibni boshishingga urasanmi?
-Vay, vaaayyy, sen o‘sha “hech kimlar” avlodi, Hechkimbekning qiziga aylanmoqchimisan? Debdi amaki.
-Bay, bay, baaayyy... Shu “valdir-vuldir” Kundashundaxonning qiziga kunimiz qoladi deb o‘ylamagandim...,- debdi xolajon.
-Xa, men Ajoyibxonga uylanmoqchiman, deb gapida turib olibdi G‘aroyibbek.
-Nima uchun?, deb so‘rashibdi ular birvarakayiga.
-Chunki Ajoyibxon xali erga tegmagan shuning uchun men unga uylanmoqchiman,-deya aniq javob beribdi G‘aroyibbek.
Ma’lum qilamizki, siz uchun to‘g‘ri keladigan, yuz foiz to‘g‘ri keladigan odamning o‘zi yo‘q! Hech kim, hech zamonda o‘zi uchun mos keladigan odamni topa olmagan. Agar, siz menga mos va to‘g‘ri keladigan odam topdim deyayotgan bo‘lsangiz, yaqin kunlarda bu fikringizdan qaytasiz va bu insondan ko‘nglingiz qolib ketadi. Bu dunyoda sizga to‘g‘ri keladigan insonning o‘zi yo‘q. Siz unga to‘g‘ri kelishingiz kerak. Qarshingizdagi odamning to‘g‘rilikni o‘lchaydigan o‘zining qarichi bor. Sizning to‘g‘ri degan qarichingiz esa sizga to‘g‘ri keladi xolos. Ikkita o‘zini to‘g‘ri deb biladigan qarichlari qo‘shilishib tortishuvchi qarich paydo qiladi desak adashmaymiz, to‘g‘rimi?
Munosabatlar har xil ehtiyoj qarichlari asosida paydo bo‘ladi. Insonning turli ehtiyojlari bor: ruhiy ehtiyojlar, tana ehtiyojlari, pul ehtiyojlari, ijtimoiy ehtiyojlar, hissiyot ehtiyojlar. Siz bu ehtiyojlaringiz bilan biror insonning yoniga borganingizda xuddi ehtiyojlarini qondirish ilinjidagi bir tilamchiga o‘xshaysiz. Tilamchining esa tanlashga haqqi yo‘qdek... Tilamchi qo‘liga tashlangan muruvvatdan ortig‘iga ega bo‘la olmaydi. Tilamchi tanlash huquqiga ega emas. Agar siz hayotda tanlash huquqini qo‘lingizga kiritmoqchi ekansiz, o‘zingizning ehtiyojlaringiz ortidan quvib, tilamchilik qilishdan voz kechishingiz kerak. Sizning borlig‘ingiz sizni baxtli qilishiga to‘liq inonish orqali tanlov huquqini qo‘lga kiritasiz. Agar, siz uchun alohida yaratilgan bir insonga qidiruv e’lon qilsangiz, umringiz qidiruv bilan o‘tib ketadi. Zamon zayli bilan o‘sha men uchun yaratilgan insonni topdim deganlar, har ikki yilda xuddi shundan insonni topib olish baxtiga yoki baxtsizligiga muyassar bo‘lishmoqda. Inson ehtiyoji uchun munosabat kerak. Tana ehtiyoji tana uchun sherikni talab qiladi. Qalb ehtiyoji qalb uchun kerak bo‘lgan insonni topishni talab qiladi. Hissiyotlaringiz sizni his qiladigan sherik topishga undaydi. Bu ehtiyojlarni jamlab shunday xulosaga kelasizki, siz so‘ragan inson hali kashf qilinmagan ekan. Siz o‘zingizga qarama qarshi insonni topasiz. Sababi o‘zingizda yo‘q kuchli sifatlarni qidirgan edingiz. O‘sha qarshi insonni topib unga qarshilik ko‘rsatasiz va nega menga o‘xshamaysan” deb uni o‘zingizga o‘xshamasligidan baxtsiz bo‘lishni boshlaysiz. Siz o‘zingizga o‘sha qarshi sifatlarni singdirish orqali mukammallashish o‘rniga uni qoralaysiz va tarbiyalashga umringizni sarflash orqali baxtsizlikni tuyasiz. Eng oson baxt buguningizdagi siz tushunmagan sifatli odamdan kuchli qirra qidiring. Nima uchun sizga yoqmayotgan sifatlar sizda yo‘qligiga e’tibor bering. Baxtingiz qarshingizda turgan insonning sizga qarshi sifatlarini o‘zingizda kashf qilish bilan boshlanadi. Ushbu kitobni qarama-qarshi fikrlar bilan boshlashimdan maqsad, ham avval va ham oxir falsafani anglash haqida edi. Sizdan oldin ham, sizdan keyin ham baxt dunyoni boshqaradi. Qolgani siz uchun saboq xolos.
"ER VA XOTIN TANLASH" kitobidan kichik lavha