Zebiniso Ahmedovadan psixologik, psixoterapevtik blog

Vijdon bozorida bo'lganmisiz?

Umumiy psixologiya
...... Kunlardan bir kun Vijdon bozoriga kirib qolgandim.. Ajib bir SAVDO ustidan chiqib qoldim..
- Sotamanu ketaman yap-yangi ishlatilmagan, qiynalmagan VIJDON bor... Kelib qoling...
- Keling akajon nima beray..?
- Vijdoning QANCHA turadi..?
- Ishlatmasangiz ancha turadi...
- Narxini so‘rayapman..?
- Yuz ming akajon ...
- Ja qimmat-ku... Uning ustiga menga hozirgi paytda judayam shartmas... Sal tushir narxini..?
- Aka qarang, hali yap-yangi UMUMAN ishlatilmagan o‘zimni vijdonim...
- Unda nega sotyapsan..?
- Shu sal pulga qiynalib qoldim-da... Agar vijdonni olsangiz, G‘URURni ham qo‘shib beraman... Siz ham sal qo‘shib berasiz... Baribir VIJDONsiz G‘urur o‘lib qoladi... Yana kuyib qolmay....
- Yana nimalaring bor sotiladigan...? O‘g‘il-qizlarga olib ketardim...
- O‘g‘lingizga LAFZ bor aka... Bor yo‘g‘i 3 marta ishlatilgan... Qizlaringizga ibo-hayolar bor...
- Voy o‘shandan ber borini...
- Nafsing bormi.. ? Menda ham kattasi bor... No vijdonim yo‘q edi-da.... O‘shanga keluvdim oldinga...
- Bor NAFS... O‘sha vijdon bilan chiqisholmay sottiryapti-da...
- AQL bormi.. AQL.. ?
- Aka aqlni shu NAFS yeb bitiribdi yaramas, bexabar qolibman ...
- Ha ... mayli.. qiynalib qolibsan vijdon, G‘urur, lafzingni 100 mingga bersang olaman...
- Sotdim... Faqat vijdonini 100 minga sotdi, deb boshqalarga aytmang, ho‘p...
- Uka.. hooov anavi sarg‘ayib turgan nima..?
- Umi..? INSOF.. Olaymi aka, ko‘rasizmi..?
- Yo‘q kerakmas uka... INSOFSIZ ham yashasa bo‘ladi... Undan ko‘ra xotinimga SABRing bo‘lsa ber..? Juda zarurda, xotinimga olib berayin...
- Aka SABR umuman yo‘q... Hozir chiqmay qo‘ydi... SABRlar defitsit bo‘lib ketdi...
- Ha mayli... Vijdon, G‘urur, Lafzni korobkaga solib, chiroyli qilib o‘rab ber.. Ketdim, Bozoringni bersin...
- Keling opa nima XIZMAT...? Uyalmay aytavering...
- Shu desangiz uka... Nafsimni sotib SABR olmoqchi edim... Siz YORDAM bera olasizmi..?
- Uzr opajon ... Sabr umuman yo‘q.. topa olmaysiz ham..
- Unda Nafsimni oling, uka..!
- Opajon o‘zimni nafsim bor... O‘zi zo‘rg‘a eplayapman... Kamiga sizni nafsizni olsam mening nafsim aynib qoladi... Shu siz ham zo‘rg‘a yuribman. Uzr yordam bera olmayman ekan sizga...
- Heye keling.. keling ukaginam...
- Vijdoningiz bormi..?
- Voy hozir sotvoribman-da...
- Lafzingiz-chi nima bo‘ldi...
- Uni ham yaxshi BAHO berishgandi bervoribman-da...
- Unda nima qoldi sizda..?
- VA’DAlar bor, uka... 2 qop... Bir korobka YOLG‘ON qoldi... Ha aytmoqchi 30 litrcha KO‘Z YOSH ham bor...
- Aka ular o‘zimda ham bor... Sizga maslahatim KO‘Z yoshingizni sotmang, asrab qo‘ying.. Ertaga "nalog"dagilar kelsa ishlatasiz...
- Ustimdan kulyapsanmi uka... ? Maslahatingni pishirib yegin.. . vijdonsiz-yey...
Obbo o‘zi do‘konimda NIMA qoldi ekan-a..?
Anavi HASAD va G‘IYBATlarim o‘tmay qoldi.. hammada ko‘payib ketdi...
Endi faqat VA’DA sotaman shekilli..