Zebiniso Ahmedovadan psixologik, psixoterapevtik blog

Farzand nima so‘radi?

Farzand tarbiyasi
Sulton o‘z o‘g‘illarini huzuriga chaqiribdi va debdi:

- Mening Sultonlarim! Merosxo‘rim, faxrim, kuchim, avlodim sizlarsizlar! Men sizlarga davlatimning taxtini topshirishdan oldin bir sinovdan o‘tkazmoqchiman. Eng kuchli, eng aqlli va eng sabrli o‘g‘limni taxtning merosxo‘ri deb e’lon qilaman. Shu xaltada davlatimning barakasi, siri qimmatbaho urug‘ bor. Xar birlaringiz uni men kelgunimcha asrab avaylab saqlashlaringni so‘rayman. Men dunyo kezib, sayohatga bormoqchiman. Katta o‘g‘il bu urug‘ni sirli temir sandiqqa solib qulf osibdi. Ikkinchi o‘g‘il temir sandiqda urug‘ nafas olmasdan o‘lib qolishini tushunibdi va urug‘ni shu davlatning urug‘ sotuvchi savdogariga pullabdi. Otasi kelgach yana shu pulga xuddi shu urug‘dan sotib olib kelib beraman degan qarorga kelibdi. Uchinchi o‘g‘il esa bu qanday urug‘ ekan eksam ko‘payib yana hosil berib urug‘laydi deb uni ekibdi. Bu urug‘dan shunchalik chiroyli gulzor paydo bo‘libdi. Ota sayohatdan kelib o‘z omonatini so‘rabdi. Birinchi o‘g‘il xiyonat qilmasdan temir sandiqqa solganini tan olibdi. Ikkinchi o‘g‘il savdogardan "xuddi shu urug‘ni" olib kelibdi va bu pulga xiyonat qilmaganligini aytibdi. Uchinchi o‘g‘il esa, otasini o‘z dalasiga olib borib gullagan diyorni ko‘rsatibdi. Shu gullar urug‘laganda men sizning omonatingizni qaytaraman debdi o‘g‘il. Sen taxtimning vorisisan! Sultonning o‘g‘li Sultonlik taxtiga o‘tirdi deb e’lon qilibdi. "Zaxiralash" shiori ostida ishlaydigan aql hayotda faqat hamma narsani yig‘ishga umrini sarflaydi: bilimni, do‘stlarni, pulni, uyni, farzandni, kiyimni zaxiralaydi. "Sanash" deb nom olgan aql hayotdagi hamma narsani sanog‘iga yetish bilan ovora bo‘lib, hayotini o‘zini yo‘qotib kuyarkan. Faqatgina "Ijodkor" deb nomlanuvchi aql hayotning mag‘zini tushunar ekan. Kamalakning yetti jilosini temir sandiqqa solib bo‘lmaydi. Kamalakning yetti rangini tarozida o‘lchab bo‘lmaydi. Xuddi shundek muhabbatni temir sandiq o‘ldiradi, uni zaxiralab bo‘lmaydi. Sevgini oldi-sotdi bozori yo‘q, bozordan mehr sotib olib birovga olib borib berishning imkoni yo‘q! Faqatgina dunyoni yaxshi ko‘rib dunyolarga ega bo‘lasiz. Dunyolarga alishmagan Sulton voris! Mehr voris, Sevgi voris, Sulton voris!